So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

26 apr 08:35
Yangiliklar

SHaxmat

“Tashkent Open XII”. To'rt nafar shaxmatchimiz etakchilar safida

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan “Tashkent Open XII” xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqada 12 mamlakatdan kelgan shaxmatchilar g'oliblik yo'lida o'zaro raqobatlashishyapti. O'z tarixida o'n ikkinchi bor o'tkazilayotgan xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Belaruslik xalqaro grossmeyster Kiril Stupak (2556) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Kecha uchinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi. Hozircha etti shaxmatchi yuz foizlik natijaga ega bo'lib turibdi. Ular orasida to'rt nafar hamyurtimiz ham bor. 

O'tgan yilgi turnirda ikkinchi o'rinni egallagan Stupak 3-turda tojikistonlik Muhammad Husanxo'jaevni mag'lubiyatga uchratdi. Yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov ketma-ket uchinchi g'alabasiga erishdi. Bu safar u ispaniyalik xalqaro grossmeyster musobaqaning ikkinchi tartib raqamli shaxmatchisi Oleg Korneev (2546)dan ustun keldi. 

Hamyurtlarimizdan Saidakbar Sayidaliev qora donalarda o'ynashiga qaramay, eronlik xalqaro grossmeyster Amirrizo Purramezanalini mag'lubiyatga uchratdi. Yana bir yosh shaxmatchimiz Nikita Xoroshev qora dolarada o'ynab, belaruslik xalqaro grossmeyster Vladimir Malaxatkoni dog'da qoldirdi. SHamsiddin va Jahongir Vohidovlar partiyasida durang natija qayd etildi. 

Hamyurtlarimizdan Ortiq Nig'matov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam Kiril Stupak hisobida ham 3 ochko bor. Nodirbek Yoqubboev, Saidakbar Sayidaliev va Nikita Xoroshev hozirgacha o'tkazilgan 3ta partiyada g'alaba qozonishgan. Bugun 4-turda Sayidaliev karvonboshi Stupakka qarshi oq donalarda harakat qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing