So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

22 sen 12:33
Yangiliklar

Tennis

Tashkent Open. Yasmina 68 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi

Bugun poytaxtimizda tennis bo'yicha WTA tasnifiga kiruvchi nufuzli turnir start oldi.

Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilmoqda. Turnirda yigirmadan ortiq davlatdan ko'zga ko'ringan tennis malikalari ishtirok etyapti. 

Asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Sabina SHaripova (126) va Nigina Abduraimova (300) yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Tajribali Oqgul Omonmurodova va istedodli Yasmina Karimjonova esa bugun start oladigan saralash tunirida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishadi. 

Hozirgina dunyo reytingida 1236-pog'onadan joy olgan Yasmina saralashning yarim finalida jahonning 133-raketkasi rossiyalik Anastasiya Potapovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Potapova 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi. 

Potapova saralashning birinchi raketkasi, Karimjonova esa imtiyozli yo'llanma asosida saralash bahslariga qo'yilgan edi. Mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz 1 reyting ochkosi va 750 dollarga ega bo'ldi. 

Birozdan so'ng Oqgul Omonmurodova saralashning yarim finalida gollandiyalik Bibiana Sxofsga qarshi kortga chiqadi. Oqgul WTA reytingida 628, Bibiana esa 184-o'rinni egallab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing