10 fev 07:20
Yangiliklar
Tennis
Tata Open Maharashtra. Musobaqa bosh sovrini CHexiyaga yo'l oldi
Hindistoning Puna shahrida qiziqarli ATP turniri yakunlandi.
Musobaqaning hal qiluvchi bahsida chexiyalik Irji Veseli belaruslik Egor Gerasimovga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 11 daqiqa davom etgan bahsda Irji raqibini 7:6, 5:7, 6:3 hisoblarida taslim etishni uddalab, musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.
Veseliga Tata Open Maharashtra musobaqasidagi g'alaba 92 ming dollar hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar