26 jan 09:43
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Bugun musobaqada o'n birinchi tur o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov bugun kimga qarshi o'ynaydi?
Bugun Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmatning klassik yo'nalishi bo'yicha 86-xalqaro "Tata Steel Chess-2024" turniri davom ettiriladi.
Bugun musobaqa doirasida o'n birinchi partiya bellashuvlari tashkil etiladi.
Unda o'zbekistonlik grossmeyster, ayni damda musobaqa peshqadami bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov xitoylik Ju Venjunga qarshi o'ynaydi.
Takidlash joiz, musobaqa yakuniga qadar bugungi bilan qo'shib hisoblaganda yana uch partiya qoldi.
Bugungi bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
11-tur oldidan musobaqa jadvali quyidagicha:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar