20 jan 11:08
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Nodirbek Abdusattorov mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda, bugun ettinchi partiya o'tkaziladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida oltinchi partiya bellashuvlari o'tkazildi.
Unda o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Jahon chempioni, xitoylik Ding Lirenga qarshi dona surdi. Bellashuv shaxmatchilarning durang natijasi bilan yakunlandi.
Kechagi o'yinlardan keyin Nodirbek 3,5 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Bugun musobaqa doirasida ettinchi tur uchrashuvlari o'tkaziladi va unda Abdusattorov Anish Giriga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar