17 jan 07:49
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Nodirbek Abdusattorov mag'lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda, bugun musobaqada dam olish kuni
Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha xalqaro "Tata Steel Chess-2024" musobaqasining to'rtinchi kuni ham yakunlandi.
Kecha musobaqaning masters guruhida to'rtinchi partiya bellashuvlari tashkil etildi.
Unda o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Franciya vakili Alireza Firuzjaga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.
Ushbu natijadan so'ng hamyurtimizning ochkolari soni 2,5 taga etdi. Abdusattorov ayni damda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Bugun musobaqada dam olish kuni hisoblanadi. Ertaga esa turnirning beshinchi partiya bellashuvlari o'tkaziladi. Unda Nodirbek xitoylik Vey Liga qarshi dona suradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar