28 jan 22:42
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Nodirbek Abdusattorov musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi
Veyk-an-Zeeda "Tata Steel Chess" musobaqasi o'z yakuniga etib bordi.
Musobaqada 13 ta tur o'yinlari ortda qoldi. Abdusattorov so'nggi turda germaniyalik Aleksandr Donchenkoni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 8,5 taga etkazib oldi.
Etiborlisi, biryo'la 4 nafar shaxmatchi 8,5 ochko to'pladi. Bunday vaziyatda g'olib tay-brekda aniqlanadi. Qo'shimcha partiyalarda Nodirbek Abdusattorovdan tashqari Anish Giri, Gukesh va Yi Vey ham ishtirok etdi.
Quraga ko'ra, Nodirbek Abdusattorov xitoylik Yi Vey bilan to'qnash keldi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov musobaqani 3-o'rinda yakunladi.
O'yindan videoni tomosha qiling:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar