23 jan 21:52
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Nodirbek Abdusattorov van Forest ustidan g'alaba qozondi va yana peshqadamlikka qaytdi!
Xabar berganimizdek, Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmatning klassik yo'nalishi bo'yicha 86-xalqaro "Tata Steel Chess-2024" turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida to'qqizinchi partiya bellashuvlari o'tkazildi.
Unda o'zbekistonlik grossmeyster niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi dona surdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz ushbu bahsda g'alaba qozondi va yana turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
Bugungi o'yindan so'ng, Nodirbek Abdusattorovning ochkolari soni 5,5 tani tashkil etmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar