19 jan 12:06
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2024". Nodirbek Abdusattorov Vey Li bilan durang o'ynadi, bugun jahon toji egasiga qarshi o'yin bo'ladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess-2024" musobaqasi davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida beshinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kecha oq donalarda xitoylik Vey Li bilan durang o'ynadi.
Endi yurtdoshimiz bugun 6-tur doirasida boshqa bir xitoylik grossmeyster, 2023 yilgi jahon toji egasi Ding Lirenga qarshi qora donalarda o'ynaydi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Ayni paytda Abdusattorov 5 ta turdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda, 2-o'rinni egallab turibdi.
Turnir jadvali bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:58
Prezident Kubogi. Nodirbek ilk bor ochko yo'qotdi, Sindarov derbida peshqadam bilan durang o'ynadi 0
Fikrlar