So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

25 jan 09:02
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2025. Abdusattorov amaldagi jahon chempioni bilan o'ynadi, u hamon peshqadam!

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi davom etmoqda.

Bir kunlik dam olishdan so'ng musobaqada 6-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer"ida esa Nodirbek Yakubboev sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti.

Kecha 6-turda Nodirbek Abdusattorov (2768) bugungi kundagi asosiy raqiblaridan biri - amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju (2777) bilan oq donalarda hisob-kitob qildi. Etti soatga yaqin davom etgan murosasiz bahsda durang natija qayd etildi. Uchrashuvda Nodirbek yaxshigina ustunlikka ham erishgandi, ammo uning g'alaba qozonishiga Gukesh yo'l qo'ymadi. O'zining bir yurishda yo'l qo'ygan xatosi ham uchrashuvning durang bilan yakunlanishiga sabab bo'ldi. 

SHunga qaramay, Abdusattorov musobaqada peshqadamligini saqlab qoldi. Ettinchi tur oldidan Nodirbek hisobida 4,5, Gukeshda 4 ochko bor. Hindistonlik Rameshbabu Prgananandha hisobida ham 4,5 ochko bo'lib, u qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rindan joy olgan. 

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) esa 6-turda oq donalarda harakat qilganiga qaramay, germaniyalik Frederik Sven (2664)ni taslim eta olmadi. Uchrashuv durang bilan yakuniga etdi. Yakubboev 6 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida 9-pog'onani band etgan. Uning raqibi Sven esa 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha 8-o'rinni egallagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing