So’nggi yangiliklar

21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0

20 jan 09:51
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2025. Abdusattorovda g'alaba, Yakubboev murosaga keldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer" guruhida esa Nodirbek Yakubboev sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti. Har ikki hamyurtimiz birinchi turni hindistonlik raqiblariga qarshi o'tkazishgandi. Abdusattorov azaliy raqiblaridan biri — Rameshbabu Pragnanandxa bilan durangga rozi bo'lgan, Yakubboev esa Divya Deshmux ustidan g'alabaga erishgandi.

Ikkinchi turda birinchi turning aksi bo'ldi. Nodirbek Abdusattorov bu safar yana bir hind grossmeysteri Leon Luke Mendonsani taslim eta oldi. "CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev esa qozog'istonlik Kazibek Nogerbek bilan durangga rozi bo'ldi.

"Masters" guruhida 2-turdan keyin ochko yo'qotmagan ishtirokchi qolmadi. Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Gukesh Dommaradju qora donalarda Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi. Uchinchi tur oldidan amerikalik Fabiano Karuana 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Kuchli uchlikka Gukesh va Nodirbek yakun yasashgan. Rameshbaba Pragnanadha va Vinsent Keymer hisobida ham 1,5 ochkodan bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing