So’nggi yangiliklar

13:54Таэквондочиларимиз катта таркибда WТ Президенти кубогида қатнашишади 0 13:28Рейндерснинг "Ал Қодисия"даги маоши маълум 0 12:59Махачев Гэррини энг хавфли рақиб деб ҳисобламайди 0 12:31UFC 330 турнирининг тўлиқ карди: Ислам Махачев – Йен Мачадо Гэрри 0 12:03Махачев Нурмагомедовнинг UFC`га ўтиши ҳақида гапирди 0 11:33"Барселона" кузатиб бораётган уч нафар ҳимоячи номини маълум 0 10:55Мераб Двалишвили: "Пётр, тирикмисан?" 0 10:28UFC 330 матбуот анжуманида Йен Гэррини ҳуштакбозлик билан кутиб олишди, Махачев бунинг сабабини тушунтирди 0 09:49Хабиб Нурмагомедов фаолиятидаги энг қийин жангни айтди 0 09:20Роналду имиджини ўзгартирди + ФОТО 0 08:56Боксчимиз рақибидан 13,6 кг енгил тош босди, камар учун жанг қиладиган Мирзахалилов меъёрни бажарди + ФОТО 0 08:32Ислам Махачев Йен Гэрри билан жангдан кейин тез қайтмоқчи 0 21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0

24 jan 13:01
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess-2025. Bugun Abdusattorov amaldagi jahon chempioniga qarshi o'ynaydi

SHu kunlarda Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi o'tkazilyapti.

Bugun bir kunlik dam olishdan so'ng musobaqada 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nufuzli turnirning "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov, "CHellenjer"ida esa Nodirbek Yakubboev sovrinli o'rinlar uchun bahs olib boryapti. Beshinchi turdan so'ng Abdusattorov 3 g'alaba va 2 durang bilan 4 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadam bo'lib turibdi. "CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev esa 2,5 ochko bilan 8-pog'onani band etgan. 

Bugun 6-turda Nodirbek Abdusattorov (2768) bugungi kundagi asosiy raqiblaridan biri - amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju (2777) bilan oq donalarda hisob-kitob qiladi. Bugungi uchrashuv oldidan Nodirbek hisobida 4, Gukeshda 3,5 ochko bor. Jahon chempioni qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasagan. Nodirbek Yakubboev (2659) esa bugun 6-turda oq donalarda germaniyalik Frederik Sven (2664)ga qarshi bahs olib boradi. 

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi har ikki uchrashuv bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing