20 jan 11:36
Yangiliklar
SHaxmat
"Tata Steel Chess-2025". Nodirbeklar bugun 3-turda kimga qarshi dona suradi?
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" turnirida ikkinchi tur ortda qoldi.
Xabar berganimizdek, "Masters" guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 2-turda Hindiston vakili Leon Luke Mendonka ustidan g'alaba qozondi. Nodirbek Yakubboev esa "CHellenjer" guruhining ikkinchi turida qozog'istonlik Kazibek Nogerbek bilan durang qayd etdi.
Bugun musobaqaning uchinchi turi doirasida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Maks Varmerdam, Nodirbek Yakubboev esa CHexiya vakili Tay Day Van Nguen bilan bahs olib boradi. Uchinchi tur oldidan Abdusattorov ham, Yakubboev ham o'z guruhlarida uchinchi o'rinda ketmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar