So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

26 jan 11:35
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess. Abdusattorovda durang, Yakubboev 16 yoshli raqibiga yutqazdi FOTO + JADVAL

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi davom etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 7-turda "Masters" guruhida peshqadamlik qilib kelgan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Niderlandiyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Anish Giri bilan murosaga keldi. Abdusattorovning ochko yo'qotishidan Gukesh Dommaradju unumli foydalanib qoldi. Amaldagi jahon chempioni oq donalarda hamyurti Pentala Harikrishnani mag'lubiyatga uchratdi. Yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha esa mezbon shaxmatchi Yorden Van Forest bilan durang o'ynadi. 

Gukesh kechagi g'alabasi evaziga ochkolarini 5 taga etkazib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlikni o'z qo'liga oldi. Dommaradju 6-turda Nodirbekka qarshi kechgan 7 soatlik partiyadan mag'lubiyatdan qochib ketgandi. Abdusattorov 5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, 5 ochkoga ega Rameshbabu kuchli uchlikka yakun yasagan. Bu uch shaxmatchi hali mag'lubiyatga uchramagan. Xitoylik Vey I esa 7 ta partiyaning barchasida raqiblari bilan durang qayd etgan. 

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) esa 7-turda qora donalarda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U turkiyalik 16 yashar iqtidor egasi Ediz Gurelga imkoniyatni boy berdi. Bu Yakubboevning musobaqadagi uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Nodirbek 7 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida 10-pog'onani band etgan. CHexiyalik Van Nguen va niderlandiyalik Ervin L`ami 5 tadan ochko to'plab, "CHellenjer" guruhida qo'shhokimlik qilishyapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing