So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

30 jan 07:36
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess. Abdusattorovda muhim g'alaba, Gukesh ham to'xtamayapti, Yakubboevda durang (FOTO+JADVAL)

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi davom etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 10-turda "Masters" guruhi peshqadamlari safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o'ynab, serbiyalik Aleksey Saranaga musobaqadagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Abdusattorov bu g'alaba evaziga 7 ochko bilan turnir jadvalida sof ikkinchi o'rinni o'ziniki qilib turibdi. 

Peshqadam Gukesh Dommaradju ham to'xtamayapti. Amaldagi jahon chempioni qora donalarda harakat qilganiga qaramay, niderlandiyalik Maks Varmerdamdan ustun keldi. Gukesh 7,5 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. Yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha ham bu turda o'zi uchun muhim g'alabani qo'lga kiritdi. U sloveniyalik Vladimir Fedoseevdan ustun kelib, 6,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. 

"Masters" guruhida mag'lubiyatga uchramagan uch nafar shaxmatchi qoldi - Gukesh Dommaradju, Nodirbek Abdusattorov va Vey I. Xitoylik grossmeysterning 1 g'alaba, 9 ta durang qayd etganiga etiborga molik holat. Gukesh hisobida 5 tadan g'alaba va durang bor. Abdusattorov esa 4 g'alaba va 6 durangga ega.

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan murosaga keldi. Yakubboev 3 g'alaba, 4 durang va 3 mag'lubiyat bilan 5 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 9-pog'onadan joy olgan. 

CHexiyalik Van Nguen 7,5 ochko bilan "CHellenjer" guruhida yakka karvonboshilik qilyapti. Niderlandiyalik Ervin L`ami 7 ochko to'plab, 2-o'rinni band etgan bo'lsa, ozarbayjonlik Aydin Suleymanli 6,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasagan. Benjamin Bok hisobida ham 6,5 ochko bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing