27 jan 08:55
Yangiliklar
Tata Steel Chess. Abdusattorovni yuta olishmayapti, Yakubboevda g'alaba
Kecha o'tkazilgan 8-turda "Masters" guruhida peshqadamlar safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda asli rossiyalik, hozirda Sloveniya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Fedoseev bilan murosaga keldi.
Abdusattorov singari uning asosiy raqiblari hindistonliklar - Gukesh Dommaradju va Rameshbabu Pragnanandha ham o'z partiyalarida durang o'ynashdi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh vatandoshi Pentala Harikrishna bilan, Rameshbabu esa germaniyalik Vinsent Keymer bilan ochkolarni bo'lishib oldi.
Sakkizinchi turdan keyin Gukesh, Nodirbek va Rameshbabu 5,5 ochkodan jamg'arib, kuchli uchlikdan joy olib turishibdi. Uchchala grossmeyster ham 3 tadan g'alaba va 5 tadan durang qayd etgan. Xitoylik Vey I ketma-ket 7 ta durangdan keyin nihoyat g'alabaga erishdi. CHin yurti vakili qora donalarda o'ynashiga qaramay, niderlandiyalik Maks Varmedramdan ustun keldi.
"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) nihoyat g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz 8-turda oq donalarda ruminiyalik Irina Bulmagani mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek 8 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida 9-pog'onani band etgan. CHexiyalik Van Nguen 9-tur oldidan 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Niderlandiyalik Ervin L`ami 5,5 ochko bilan ikkinchi o'rindan joy olgan.
Fikrlar