So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

02 fev 10:38
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess. Eh, Abdusattorov, Yakubboevda ketma-ket ikkinchi g'alaba

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi davom etmoqda.

Kecha o'tkazilgan 12-turda "Masters" guruhi peshqadamlari safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda o'ynab, asosiy raqiblaridan biri hindistonlik Arjun Ergaisiga qo'pol xato evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu turnirni omadsiz o'tkazayotgan Arjunning musobaqalagi ilk g'alabasi, aksincha, Nodirbekning birinchi mag'lubiyati edi. 

Kechagi mag'lubiyat sabab Nodirbek Abdusattorovning chempion bo'lish imkoniyatlari yo'qqa chiqdi. Boisi, birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turgan hind grossmeysterlari o'z hisoblariga qimmatli ochkolarni yozib qo'yishdi. Rameshbabu Pragnanandha serbiyalik Aleksey Saranani mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju qora donalarda niderlandiyalik Yorden Van Forest bilan murosaga keldi. Gukesh va Pragnanandha 8,5 ochkodan jamg'arishgan, Abdusattorov hisobida 7,5 ochko bor. 

"Masters" guruhida mag'lubiyatga uchramagan ikki shaxmatchi qoldi - Gukesh Dommaradju va Vey I. Xitoylik grossmeysterning 1 g'alaba, 11 ta durang qayd etgani etiborga molik holat. U 6,5 ochko bilan 5-o'rindan joy olga. Vladimir Fedoseev kechagi g'alabasi evaziga 7 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. 

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U 12-turda oq donalarda niderlandiyalik Artur Pupersga chiroyli usulda mot qo'ydi. Ushbu g'alabadan keyin Yakubboev 7 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Beshinchi pog'onadagi germaniyalik Frederik Svan hisobida ham 7 ochko bor.

CHexiyalik Van Nguen 8,5 ochko bilan "CHellenjer" guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra karvonboshilik qilyapti. Ozarbayjonlik Aydin Suleymanli va niderlandiyalik Ervin L`ami hisobida ham 8,5 ochkodan bor, ular kuchli uchlikni yakunlab berishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing