So’nggi yangiliklar

14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0 13:50VIII Тошкент халқаро марафони ўтказилмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 13:29Grenke Chess Festival 2026. Абдусатторов пешқадамлар сафида. Ўзбек дербисида ким ютди? 0 13:08Про Лига. Бугун янги мавсумга старт берилади 0 12:47Тим Цзю камар учун жанг ўтказди 0 12:26Диёра Келдиёрова: "Катта спортга қайтяпман" 0 12:05Нукусда белбоғли кураш бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 11:44Sofascore. Кечаги учрашувда ажойиб ҳаракат қилган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:23Олимпиада совриндори Илия Топурияни қандай мағлуб этиш мумкинлигини айтди 0 11:02Мераб Двалишвили синиб кетган бурнини кўрсатди (ФОТО) 0 10:41"Чендлер ютқазса, фаолиятини якунлайди" - UFC собиқ жангчиси 0 10:20Ҳамробеков "Пахтакор"га, Сергеев эса... 0 09:59"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет тўртинчи бор тур шахматчиси! (6-тур натижалари+турнир жадвали) 0

16 noy 17:38
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess India. Nodirbek Abdusattorov blic musobaqasining ilk kunini qanday o'tkazdi?

Hindistonning Kalkutta shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha "Tata Steel Chess India" turnirining birinchi kungi blic bahslari ortda qoldi.

O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Bugun turnirining blic bahslari start oldi va grossmeysterlar 9 ta turda hisob-kitob qilishdi. Nodirbek Abdusattorov rapid turnirida 5 ochko bilan 4-o'rinni band etgandi. 

Bugungi blic bahslari u uchun omadsiz boshlandi. Hamyurtimiz avvaliga Daniil Dubov (FIDE) bilan durang o'ynadi. Keyin esa ketma-ket 4 ta turda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Arjun Erigaisi, Vidit Gujrathi va Rameshbabu Praggnanandhaa (uchchalasi ham Hindiston) va Magnus Karlsen Nodirbekni taslim etdi. 

Keyin esa g'alabali seriya boshlandi. Abdusattorov Uesli So (AQSH), Sunildut Lina Narayanan (Hindiston) va Vinsent Keymer (Germaniya)dan ustun kelib, vaziyatni birmuncha ijobiy tomonga o'zgartirdi. Bugun uchun belgilangan so'nggi 9-turda esa Nihal Sarin (Hindiston) bilan murosaga keldi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov blic turnirining birinchi kungi bahslarini 4 ochko bilan yakunladi. U turnir jvadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Rapid turniri chempioni Magnus Karlsen 6,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Rameshbabu 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Arjun Ergaisi 5,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. 

Ertaga shaxmatchilar yana 9 ta turda o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing