So’nggi yangiliklar

11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0

03 fev 09:57
Yangiliklar

SHaxmat

Tata Steel Chess yakunlandi. Nodirbek ketma-ket uchta g'alabaga erishdi. Yakuniy natijalar qanday bo'ldi? (FOTO+JADVAL)

Ikki hafta davomida Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Kecha so'nggi 13-turda "Masters" guruhida 3-o'rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Harikrishnaga qarshi bahs olib bordi va durang natija bilan kifoyalandi. Agar Nodirbek ushbu partiyada g'alaba qozonganida, chempionlik tay-brek uchrashuvlarida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritardi.   

Bunga amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuning 13-turda oq donalarda o'ynashiga qaramay, vatandoshi Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy bergani sabab bo'ldi. Ikkinchi o'rindagi Rameshbabu Pragnanandha ham so'nggi turda germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qo'ydi. Nodirbek Abdusattorov esa asosiy raqiblari taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalana bilmadi. 

Agar Abdusattorov o'z partiyasida g'alaba qozonganida, 20 yoshgacha bo'lgan uch grossmeyster ishtirokidagi tay-brek partiyalariga guvoh bo'lar edik. Sakkiz yarimtadan ochko jamg'argan Gukesh va Rameshbabu o'rtasidagi tay-brekda biroz kutilmaganda Pragnanandha 2:1 hisobida g'alaba qozonib, "Tata Steel Chess-2025" chempioniga aylandi. Gukesh ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan sovrinli uchinchi pog'onani egalladi. 

"CHellenjer" guruhida qatnashgan Nodirbek Yakubboev (2659) musobaqaning yakuniy qismini ko'tarinki ruhda o'tkazdi. U ketma-ket uchta partiyada g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Agar musobaqa starti ham shunday bo'lganida, Yakubboev turnirni aniq sovrindorlar safida tugatardi. Nodirbek so'nggi 13-turda qora donalarda xitoylik ayol shaxmatchi Lu Miaoyini mag'lubiyatga uchratdi. Yakubboev 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egalladi. 

CHexiyalik Van Nguen va ozarbayjonlik Aydin Suleymanli yakunda 9,5 ochkodan jamg'arishdi. Tay-brekda Nguenning qo'li baland kelib, "CHellenjer" guruhi chempioniga aylandi. Yakubboevdan yarim ochko ko'p jamg'argan niderlandiyalik Ervin L`ami 8,5 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing