24 mar 14:58
Yangiliklar

Taxmina Ikromova Ispaniyadagi Gran-prida ikkita medalga ega chiqdi
Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Taxmina Ikromova yakunda ikki bor shohsupadan joy oldi.
Taxmina musobaqaning yakkalik dasturidagi ko'pkurash bellashuvlarida bahs olib bordi va 111.650 ochko to'plagan holda bronza medaliga ega chiqdi.
Bu yo'nalishda ukrainalik Taisiya Onofriychuk (116.100) oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Italiya vakilasi Sofiya Raffaeli 115.000 ball bilan ikkinchi bo'ldi.
Bundan tashqari, 20 yoshli sportchimiz to'p bilan mashq dasturida 28.100 ochko qo'lga kiritgan holda kumush medalni o'ziniki qildi. 16 yashar Taisiya Onofriychuk bu dasturda ham tengsiz bo'ldi (29.050). Ukrainalik yana bir sportchi Polina Karina esa 27.900 ochko bilan bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar