28 apr 17:02
Yangiliklar
Gimnastika
Taxmina Ikromova Toshkentdagi Jahon kubogida sovrindor bo'ldi
Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'tayotgan Jahon kubogi bosqichida o'zining dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Unga jamoa etakchisi Taxmina Ikromova mualliflik qildi. Hamyurtimiz ko'pkurash dasturida roppa-rosa 135 ball bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Endi u ertaga yakkalik yo'nalishidagi barcha mashqlarda (4 ta) o'tadigan final dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Oltin: Darya Varfolomeev (Germaniya) - 135.95
Kumush: Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 135.00
Bronza: Boryana Kaleyn (Bolgariya) - 133.25
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar