17 apr 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Taysonning ukasi Tommi Fyuri ringga qaytmoqda
Britaniyalik og'ir vaznli professional bokschi Tommi Fyuri (10-0, 4 KO) jarrohlik amaliyotidan so'ng ringga qaytayotganini malum qildi.
"Ikki yil o'yindan chetda bo'ldim. Operaciyani boshdan kechirdim. Men duch kelgan eng og'ir jang bu hayotimda boks yo'qligi bilan bo'lgan ruhiy kurash edi. Lekin men qaytdim. Kuchliroq bo'lib. Har qachongidan ham och holda. 9 may, Budapesht", deb yozdi Fyuri o'zining Instagram'dagi sahifasida.
Tommi o'zining so'nggi jangini 2023 yil oktyabr oyida YouTube blogeri KSI'ni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar