29 mar 15:17
Yangiliklar
Tbilisi Gran-Prisi. Lutfullaev qozog'istonlik nomdor raqibni mag'lub etdi
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada kurrai zaminimizning 4 qitasi 54 davlatidan 412 ishtirokchi (228 erkak, 184 ayol) tatamiga chiqmoqda.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar dzyudochisi ham Tbilisi Gran-Prisi medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bahs olib bormoqda.
O'zbekistonlik dzyudochilarning ishtirokini -60 kg vazndagi vakilimiz SHarofiddin Lutfullaev boshlab berdi. Ikkinchi davradan bahslarga qo'shilgan yurtdoshimiz qozog'istonlik nomdor raqibi Rustam Ibraevni mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Birozdan so'ng u yarim final yo'llanmasi uchun franciyalik Valid Xyar bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar