21 mar 16:20
Yangiliklar
Dzyudo
Tbilisi Gran-Prisida ishtirok etadigan tarkibimiz malum!
29-31 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi.
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada kurrai zaminimizning 4 qitasi 54 davlatidan kelgan 412 ishtirokchi (228 erkak, 184 ayol) qatnashish istagini bildirgan.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar dzyudochisi ham Tbilisi Gran-Prisi medallarri hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Tbilisiga yo'l oladigan delegaciyamiz:
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O'rozboev, SHarofiddin Lutfullaev
-73 kg: Hikmatilla To'raev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Yahyo Imomov, Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
Murabbiylar: O'ktam Rahmonov, Adham Jamolov
SHifokor: Aziz Qayumov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar