22 mar 11:15
Yangiliklar
Dzyudo
Tbilisi Grand Slam 2026. Bugun 4 nafar og'ir vaznlilarimizga muxlislik qilamiz
Gruziya poytaxti mezbonlik qilayotgan Tbilisi Grand Slam 2026 turnirining so'nggi kuni og'ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.
Bizning vaqt bilan soat 11:30`da boshlanadigan musobaqaning uchinchi kuni bizning diqqat etiborimiz erkaklar o'rtasidagi -90, -100 va +100 kg vazn toifasidagi bahslarga qaratiladi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizdan Umar Bozorov o'tgan yilgi Tbilisi Grand Slam turnirida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-90 kg: Umar Bozorov — Markus Van Diyk (Niderlandiya)
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Vlad Visan (Ruminiya)
-100 kg: Amirsaid Jeyliev — Tornike Poladishvili (Gruziya)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev — Erik Abramov (Germaniya)

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar