17 mar 12:28
Yangiliklar
Tbilisi Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi
Musobaqada 5 qitaning 54 davlatidan keladigan jami 428 (263 erkak, 165 ayol) dzyudochi medallar yo'lida bahslarga kirishadi. O'zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda 14 dzyudochi bilan ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi tomonidan Gruziyaga yo'l oladigan tarkibimiz tasdiqlandi.
Tbilisi Grand Slam 2026 uchun terma jamoamiz tarkibi:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Bobur Yangiboev
-73 kg: Nizomiddin Toshpo'latov
-90 kg: Umar Bozorov
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Amirsaid Jeyliev
+100 kg: O'tkirbek To'raboev
AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Marjona Nurulloeva
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva

Fikrlar