23 mar 16:20
Yangiliklar

Tbilisi Grand Slam. Bozorov oltin, Qodirova bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Quvonarlisi, O'zbekiston chempionatining amaldagi bronza medali sovrindori Umar Bozorov (-90 kg) faoliyatidagi ilk xalqaro musobaqasidayoq shohsupaga ko'tariladigan bo'ldi. U finalgacha IJF bayrog'i ostidagi Yavor Varapeu, gruziyalik Soso Ebilashvili, vengriyalik Peter Safrani, niderlandiyalik Mark Van Diykni mag'lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun jahon reytingida 24-o'rinni egallab turgan farnciyalik Aleksis Matyoga qarshi tatamiga chiqadi.
Yana bir dzyudochimiz Barchinoy Qodirova esa turnirning bronza medali uchun bahs olib boradi. -78 kg vazndagi vakilamiz bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida litvalik Yuliya Dunaytedan ustun keldi. Uning bronza medali uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibasi jahon reytingida 6-o'rinda borayotgan portugaliyalik Patricia Sampayo bo'ladi.
Fikrlar