23 mar 11:26
Yangiliklar

Tbilisi Grand Slam. Bugun musobaqaning so'nggi kuni 8 dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamizning 8 nafar dzyudochisi tatamiga chiqadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-90 kg: Umar Bozorov - Yavor Varapeyu (IJF)
-100 kg: Rustam SHorahmatov - Fransisko Balanta (Kolumbiya)/Jin Karletti (Italiya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Ris Tompson (Buyuk Britaniya)
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - Losseni Kone (Germaniya)
AYOLLAR
-78 kg: Marjona Ko'chimova - Estelle Posvit (Franciya)
-78 kg: Barchinoy Qodirova - Zanet Mikaelidu (Kipr)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Marit Kamps (Niderlandiya)
+78 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva - Brijit Karabali (Kolumbiya)
Fikrlar