So’nggi yangiliklar

08:23Almaty Cadets Asian Cups 2025. Биринчи кун якунига кўра 16 та медаль билан 1-ўриндамиз! 0 08:02"Махачев Топурияни нокаут қилган бўларди" - Арман Царукян 0 19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0

04 okt 18:25
Yangiliklar

Futbol

Team Melli: “Keyrushning o'yin uslubi samara bermasligi aniq”

Teglar :  FutbolEronKeyrush
Eronning “Team Melli” nashri O'zbekistonga qarshi bahs oldidan Karlush Keyrush borasida tanqidiy maqola elon qildi.

Eron terma jamoasi 4 ochkoga ega bo'lishiga qaramay, o'z muxlislarini xafa qilmaslik va tanqidchilarga mavzu topib bermaslik uchun o'z ustida ishlashi kerak.

Eron yaxshi tashkillashgan Qatar terma jamoasiga qarshi “Ozodi”da o'tgan JCH-2018 saralashining ilk bahsida raqib darvozasi yaqinida bir nechta yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Besh kun o'tib, SHenyanda eronliklar Xitoy bilan durang qayd etdi. Jamoa to'liq kuchini ko'rsata olmadi.

Karlush Keyrush qo'l ostida barcha muhim futbolchilar borligiga qaramasdan, Eron terma jamoasi Qatar va Xitoyga qarshi deyarli bir xil o'ynadi.

Eron Qatarni engishi uchun raqibning juda qo'pol xatosi kerak bo'ldi. Xatto Klod Amin Karim Ansarifardga to'pni sovg'a qilganda ham “Panionis” hujumchisi o'zini yo'qotib qo'ydi va qatarlik himoyachi forvardning juda sekin harakatidan vaziyatni bartaraf etdi. O'sha kuni omad Eron tarafda edi, Guchannajod to'pni qabul qilib, gol urdi.

Keyingi gol Jahonbahsh hisobiga yozildi. U o'zi tomon uzatilgan ajoyib uzatmani bir harakat bilan yo'liga to'g'irladi va darvozaning yaqin burchagiga zarba berib, uchrashuv taqdirini hal qildi.

Xitoyga qarshi uchrashuvda avvalgi bahsdagidek eronliklarga omad kulib boqqani yo'q. Raqiblar Karlush Keyrush boshchiligidagi eronliklar o'yinini etarli darajada o'rgangan ko'rinadi. Eron terma jamoasining futbolchilarida esa raqib himoyasini yorib o'tish uchun g'oyalar tugab qolgandek.

Hujumchi Sardor Azmunga uzatilayotgan to'plarni Qatar va xitoylik futbolchilar osongina egallab olishmoqda. Bir gazetaning maqolasiga ko'ra, Keyrush jamoani Ali Dayiga topshiradigan vaqt kelgan ko'rinadi.

Karlush Keyrushning eng no'noq tarafi shundaki - unda himoyani yorib o'tish uchun qo'shimcha rejalar yo'q. Bir yoki ikki futbolchi uzoq masofadan darvozaga zarba berishga qodir, ammo avvalgi bahslarda bundan foyda chiqmaganining guvohi bo'ldik. Xatto bazi zarbalardan so'ng muxlislar to'pni uyiga esdalik sifatida olib ketishdi.

Himoyani yorib o'tish usullaridan biri jarima maydonchasi yaqinida dribling ishlatish yoki mayda va tezkor paslar bilan raqib maydonchasiga kirish. Eron terma jamoasi ikkala uslubda ham o'ynay oladi, ammo bu uslublar qo'llanilmayapti.

Eron terma jamoasida hujum qilishning yagona uslubi bor - bu qanotlardan hujumga o'tish. Bu falsafa 180 daqiqadan beri foyda bermayapti. Ushbu o'yin turi yaxshi tashkillashgan, kuchli va bo'yi uzun bo'lgan o'zbekistonlik himoyachilarga qarshi yana samara bermasligi aniq.

Keyrush Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan Osiyo jamoalaridan biri bo'lishi uchun tajribasini ishga solib, yangi hujum usullarini o'ylab topishi lozim. Bu qog'ozda oson ko'rinishi mumkin, ammo aytilganidek engil ish emas. Keyrush er va havoni ayblashning o'rniga o'z strategiyasini o'zgartirishi kerak. Barcha o'yinlarga bir o'yin uslubi foyda bermaydi va bu juda tavakkal qaror hisoblanadi.

Keyrush haqida yomon malumotlar ko'p, Eron terma jamoasi bosh murabbiy borasida bunday yangiliklar bo'lmasligi kerak. U doimo milliy chempionat rahbariyati, OAV va bazi muxlislar bilan janjal uyushtiradi. Mutaxassis o'zi haqida yomon taassurot qoldirishdan charchamaydi. Keyrush o'zini boshqara olmasligi va bazi qiliqlari tufayli uydagi uchrashuvda 4 nafar eronlik futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing