So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

15 fev 15:30
Yangiliklar

Futbol

Temur Kapadze vaqtinchalik O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Avval xabar berilganidek, O'zbekiston milliy terma jamoasiga xorijdan kuchli murabbiy olib kelish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Hozircha bu borada og'zaki kelishuvga erishilgan bo'lib, tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi va O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradigan mutaxassis nomi elon qilinadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi, JCH-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda o'rtoqlik o'yini o'tkazishini yaxshi bilasiz.

Mana shu o'yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tez orada Temur Kapadze terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini O'FAga taqdim etadi.

Temur Kapadze faoliyatini Farg'onaning “Neftchi” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Inchxon” (Janubiy Koreya), “SHarja” (BAA), “Aktobe” (Qozog'iston), “Lokomotiv” (Toshkent) klublarida to'p surgan. Temur Kapadze o'tgan mavsumning oxirida futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan bo'lib, u O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida eng ko'p 119ta o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi.


Reyting: -1   

Fikrlar

   
18 fev 00:40:02
ibrat
O'zini tanishlarini tiqibdida. Yaqindagi chempionlarni nega jalb qilmagan. Eski hammom eski toz. Bunda saviya degani o'zi yo'qku.
   
16 fev 18:12:04
Ilhomjon Abdujalilov
Бу ҳам яна ўзини танишларини тиқади футболимизга
   
16 fev 18:11:18
Ilhomjon Abdujalilov
Эскилик сарқитидан энди қутилаётганимизда, керакмаску бу Кападзе
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing