18 noy 18:22
Yangiliklar
Tennis bo'yicha O'zbekiston kubogining so'nggi kunidan FOTOREPORTAJ
Qizlar o'rtasidagi yakkalik bahslarida Omina Valixonova finalda Yasmina Karimjonovaga qarshi kortga chiqdi. O'yin shiddatli tus oldi. Omina 1-setda mag'lub bo'lgan ersada, keyingi setlarda o'yin taqdirini o'z tomoniga og'dira oldi - 2:6, 6:3, tay-brekda 10:5.
O'g'il bolalar o'rtasidagi yakkalik bahslari ham juda qiziqarli o'tdi. Olimjon Nabiev final uchrashuvida Temur Sottimovni 0:6, 6:1, tay-brekda 10:1 hisobida engdi.
Juftlik bahslarida Nigina Abduraimova/Yasmina Karimjonova juftligi Mohira Alimova/Omina Valixonovani 6:2, 6:3 hisobida osongina mag'lub etdi. O'g'il bolalar o'rtasidagi uchrashuvda esa Samandar Abdumalikov/Fayzullo Mirzag'aniev juftligi Isfandiyor Mahmudov/Abdurahmon Saidmuhammedov hamkorligidan 4:6, 6:4, tay-brekda 10:8 hisobida ustun keldi.
Aralash juftlik, yani miks bahsida esa Milana Maslenkova/Odil Karimov juftligi Muslima Oxunova/Samandar Abdumalikov tandemini 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
G'olib va sovrindorlar O'zbekiston tennis federaciyasi tomonidan tasis etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Fikrlar