So’nggi yangiliklar

09:33Ронда Роузи: "UFC рақобат йўқлигидан азият чекмоқда" 0 09:12Британиялик промоутер Турки Ал аш-Шайх ва Дана Уайтни судга бермоқчи 0 08:51Камилла Раҳимова дунёнинг 76-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 08:30"Реал" кетма-кет 29-мавсум ЕЧЛ 1/8 финалига чиқди 0 08:09Дзюдочиларимизга оқ фотиҳа берилди 0 07:48Prague Masters. Нодирбеклар ғалаба билан бошлади. Амалдаги тож соҳиби Гукеш очко йўқотди 0 07:27"Странжа" турнирининг учинчи куни ўзбек дербиси кузатилди. Оғир вазнли боксчимизда мағлубият 0 07:06EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум 0 19:18Ўзбекистон Баскетбол федерацияси янги титул ҳомийга эга бўлди 0 18:40Полина Кудерметова камбэк қурбони бўлди 0 18:13АCА Лигаси кураш бўйича мусобақа ўтказиши мумкин 0 17:47ЕЧЛ. "Реал"нинг "Бенфика"га қарши қайдномаси эълон қилинди, унда Мбаппе йўқ 0 17:25Расман. Яна бир ҳамюртимиз Тошкентда Octagon League камари учун жанг қилади 0 16:50Фабиано Каруана: "Синдаровда "қотил инстинкти" бор" 0 16:23UFC Оқ уйдаги турнир учун қанча пул сарфлаши маълум бўлди 0

15 iyu 09:10
Yangiliklar

Tennis

Tennis. Bugun O'zbekiston - Xitoy uchrashuvi boshlanadi

Bugun poytaxtimizdagi olimpiya zaxiralari Respublika tennis maktabida O'zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati xisoblanmish Devis Kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasi birinchi guruhidan o'rin olgan uchrashuvi boshlanadi.

Mazkur uchrashuv g'olibi jahon ligasi yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan pley-off bosqichida qatnashish xuquqiga ega bo'ladi. Devis Kubogi bahslarida bu ikki terma jamoa shu kunga qadar sakkiz bor to'qnash kelgan. Beshta uchrashuvda terma jamoamiz tennischilarining qo'llari baland kelgan. Qolgan uchta o'yinda xitoyliklar zafar quchishgan.


O'tgan ikki yil ichida har ikki terma jamoa tarkibida sezilarli o'zgarishlar kuzatilmadi. Xitoy kvartetining etakchisi 25 yoshli Di U. Bugungi kunda Di dunyo reyting jadvalida 175-o'rinda bormoqda.

SHuningdek, Toshkentga kelgan Xitoy terma jamoasi tarkibidan Cze Jang, MaoKsin Gong hamda CHje Li joy olgan. O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga esa Denis Istomin Farrux Do'stov, Sanjar Fayziev hamda istedodli yosh tennischimiz Jo'rabek Karimov kiritilgan.

Taqqoslash uchun, jamoamiz etakchisi Denis Istomin dunyo reytingida 97-o'rinni egallab turibdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing