18 fev 15:06
Yangiliklar
Tennis

Tennis. Hindiston - O'zbekiston. O'zaro to'qnashuvlar
Xabaringiz bor, O'zbekiston tennischilari Devis Kubogining navbatdagi bosqichida Hindiston terma jamoasiga qarshi kortga chiqadi.
Ushbu mamlakat tennischilarining Devis Kubogidagi to'qnashuvlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, bungacha jamoalar 4 marotaba to'qnash kelganlar.
Ulardan ikkitasida O'zbekiston, yana ikkitasida Hindiston terma jamoalari g'alaba qozonganlar. Ikki terma jamoa ham o'z mamlakatida bo'lib o'tgan bahslarda g'alaba qozongan. Demak, oldimizda turgan bahslar o'zaro beshinchi o'yin hisoblanadi.
Avvalgi o'yinlar statistikasi:
2005 yil - Hindiston 5:0 O'zbekiston
2007 yil - O'zbekiston 4:1 Hindiston
2008 yil - Hindiston 3:2 O'zbekiston
2012 yil - O'zbekiston 3:2 Hindiston
Navbatdagi bahs Hindistonda, 7-9 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar