18 sen 17:07
Yangiliklar

Tennis. Mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollari bo'lgan "Toshkent Open"da kimlar qatnashadi?
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu nufuzli turnirda o'z vaqtida chempionlikni qo'lga kiritgan Polin Panmente, Irina Kameliya Begu, Nao Xibina, Kristina Plishkovalar qatnashadi. SHuningdek, rossiyalik Vera Zvonaryova ham mazkur turnirda ishtirok etishi kutilmoqda.
Qolaversa muxlislar Yuxana Larsson, Evgeniya Rodina, Vitaliya Vyachenko, Aleksandra Krunich, Kurumi Nara, Katerina Bondarenko va boshqa ko'plab tennichilarning ishtiroklarini tomosha qilishlari mumkin.
O'zbek tennischilaridan esa Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovalar turnirda asosiy bosqichda ishtirok etadilar.
Malumot uchun, o'z vaqtida Iroda To'laganova 2000 yilda ushbu turnir g'olibiga aylangandi.
Fikrlar