20 iyu 15:10
Yangiliklar
Tennis

Tennis. Yangi Zelandiyaga qarshi to'qnashuvda 2:0 hisobida oldindamiz
Federaciya kubogida ishtirok etayotgan tennischi qizlarimiz bugun Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o'yinlar o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Ilk o'yinda terma jamoamiz nomidan Nigina Abduraimova ishtirok etdi. Dunyoning 208-raqamli tennischisi hisoblangan Nigina ilk o'yinda Peyj Meri Xurianni 7:5, 4:6, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va jamoani oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi o'yinda esa Sabina SHaripova Erin Rutliff ustidan 6:3, 6:1 hisoblarida g'alaba qozondi.
Endi jamoalar o'rtasida juftlik bahslari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar