So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

14 okt 13:03
Yangiliklar

Tennis

Tennis yangiliklari: Sultonov Almaty Open 250 saralashidan o'ta olmadi, Fomin esa Italiya CHellenjerining saralashida ishtirok etmoqda

Kecha o'zbekistonlik tennischilar Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o'zlarining navbatdagi o'yinlarini o'tkazishdi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkazilayotgan Almaty Open 250 turniri saralashining ilk bosqichi doirasida kortga chiqdi. Unga Qozog'iston vakili Mixail Kukushkin raqiblik qildi.

1 soat, 24 daqiqa davom etgan bahsda Kukushkin 2:0 (6/4, 6/4) hisobida g'alaba qozondi. Taqqoslash uchun, Mixail ayni damda ATP reytingida 103, Sultonov esa 237-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin esa shu kunlarda Italiyaning Olbio shahrida o'tkazilayotgan CHellenjer musobaqasi saralashida o'z omadini sinab ko'ryapti. U kecha ilk o'yinda italiyalik Federiko Salamon (ATP-2109) ustidan ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi. 1 soat, 7 daqiqa davom etgan bellashuvda Sergey 2:0 (6/4, 6/1) hisobida g'alabani o'ziniki qildi.

Fomin bugun kvalifikaciya finali doirasida sloveniyalik Milosh Karolga qarshi kortga chiqadi. 

Malumot uchun, ayni damda 23 yoshli Sergey Fomin ATP reytingida 534-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 21 yoshli Milosh Karol 612-o'rinda qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing