31 avg 18:20
Yangiliklar

Tennischilarimiz Almati turniridagi ishtiroklarini yakunlashdi
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu Almaty Cup 2016 musobaqasining asosiy to'rida to'rt nafar tennischimiz ishtirok etayotgandi. Lekin ulardan hech biri chorak finalga etib kela olmadi.
CHorak final chiptasi uchun kortga chiqqan vakilamiz Arina Folc turnirning birinchi raketkasi rossiyalik Anna Kalinskayaga 0:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Polina Merenkova esa yana bir rossiyalik tennischi Veronika Kudermetovaga qarshi uchrashuvni yakuniga etkaza olmadi. Birinchi setda 1:6 hisobida yutqazgan hamyurtimiz bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Malumot uchun, tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ilk bosqichda rossiyalik Anna Blinkovaga yo'lni bo'shatib bergandi.
Fikrlar