So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

14 iyu 07:31
Yangiliklar

Tennis

Tennischilarimiz Butunjahon Universiadada umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Italiyaning Neapol shahrida o'tkazilayotgan Universiada-2019 o'yinlarining o'ninchi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

O'zbekistonning Universiada o'yinlari tarixidagi tennis bo'yicha ilk sovrinini qo'lga kiritgan vakillarimiz delegaciyamizga yana ikkita medalni tuhfa etishdi.

Yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida ham medalga sazovor bo'ldi.

Dastlabki o'yinlarda SHri-Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini hamda chorak finalda amerikalik Keegan James Smitni yirik hisobda mag'lub etgan yurtdoshimiz yarim finalda franciyalik Lukas Poullaindan 6/0, 6/3 hisobida ustun kelib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Tseng CHun-Xsinga qarshi kortga chiqqan Humoyun Sultonov birinchi setda tay-breykda g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi setda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi hamda delegaciyamizning universiadadagi ettinchi sovrini hisoblangan kumush medalni qo'lga kiritdi.

Juftlik bahslarida oltin, yakkalikda kumush medalga sazovor bo'lgan tennischi yigitlarimiz umumjamoa hisobida ham birinchi o'rinni egallab, delegaciyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo'shib qo'yishdi.

Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev juftligi musobaqaning oltin medalini yani O'zbekistonning Universiada o'yinlari tarixidagi tennis bo'yicha ilk medalini qo'lga kiritishgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing