20 avg 16:48
Yangiliklar
Tennis

Tennischimiz Gollandiyada turnirning birinchi raqamli raketkasini mag'lub etdi
Gollandiyada mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan tennischimiz Albina Xabibulina yarim finalda turnirning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan germaniyalik Taysiya Mordergerga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 44 daqiqa davom etgan o'yinda vakilimiz 3:6, 7:5, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun germaniyalik tennischi dunyo reytingida 419-o'rinni, Xabibulina esa 720-o'rinni egallab turibdi.
Endi u bugun finalda ikkinchi raqam ostida saralangan AQSH vakilasi Kiara SHolga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar