07 may 11:39
Yangiliklar
TePe Sigeman 2026. Abdusattorov 14 yoshli turkiyalik peshqadam bilan o'ynadi
Musobaqada sakkiz grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida Nodirbek Abdusattorov hamda jahon reytingi etakchisi norvegiyalik Magnus Karlsen ham bor. Musobaqaning 6-turida Abdusattorov turkiyalik 14 yoshli Yagiz Kaan Erdog'mushga qarshi qora donalarda o'ynadi va durangga rozi bo'ldi.

Bu bilan Nodirbekning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etdi, lekin endi peshqadam bilan o'rtadagi farq bir ochkoga etdi. Hindistonlik Arjun Erigaisi musobaqadagi yagona ayol ishtirokchi xitoylik CHju Czinerni engdi va 4,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.

Magnus Karlsen ketma-ket ikkinchi turda ham zafar quchdi. Norvegiyalik afsona qora donalarda o'ynaganiga qaramay, amerikalik autsayder Endi Vudvorddan ustun keldi.

Oltinchi turdan so'ng Arjun Erigaisi karvonboshi, Yagiz Kaan Erdogmush va Magnus Karlsen 4 ochko bilan kuchli uchlikdan joy olgan. Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan 4-o'rinni band etgan.

Fikrlar