15 avg 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford WBO kamaridan voz kechdi
Amerikalik mutlaq jahon chempioni Terens Krouford yarimo'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini vakant qoldirdi.
Xabarda keltirilishicha, egasiz qolgan kamar amerikalik boshqa bir bokschi Brayan Normanga topshiriladi. U WBO yo'nalishida vaqtinchalik kamar sohibi bo'lib turgandi. Endi Norman ushbu chempionlik kamarining to'laqonli egasiga aylandi. Terens aynan shu vaznda mutlaq jahon chempioni edi.
Eslatib o'tamiz, Krouford so'nggi jangini 4 avgust tongida hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazib, hakamlarning bahsli qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi. U prof ringda o'tkazgan 41 ta jangining barchasida zafar quchgan. Hisobida 31 ta nokaut bor. Terens yarimo'rta vaznda 9 bor chempion bo'lgan. Norman esa 28 jangida 26 ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Fikrlar