12 fev 15:47
Yangiliklar
Terma jamoamiz Evropa Kubogida ishtirok etish uchun Sloveniyaga yo'l oldi
Nufuzli musobaqada dunyoning 5 qitasi 44 davlatidan kelgan jami 507 (292 erkak, 215 ayol) nafar dzyudochi medallar va jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi.
Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun Evropa Kubogida qatnashish uchun Sloveniya davlatiga jo'nab ketdi.
Lyublyanadagi turnir OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 musobaqasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Evropa Kubogida ishtirok etadigan tarkibimiz:
-60 kg: Muhammadali Masharipov
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-66 kg: Dilshod Hamroev
-73 kg: Elbek Tojiev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-73 kg: Inoyat Telmanov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-90 kg: Sultonbek Abdushukrov
-90 kg: Aziz Avazmurodov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
-100 kg: Muhammadali Tangriev
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Murabbiylar - Aleksey Budolin, Rahim Subxonov



Fikrlar