30 apr 11:22
Yangiliklar
SHaxmat
Terma jamoamiz jamaoviy rapid va blic Jahon chempionatida qatnashadi. Tarkibda Sindarov va Abdusattorov ham bor!
16-22 iyun kunlari Gongkongda shaxmat bo'yicha FIDE World Team Rapid & Blitz Chess Championships turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqa 2023 yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda hamda jamoaviy formatdagi eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri hisoblanadi.
Musobaqada dunyoning etakchi grossmeysterlari o'z jamoalari safida ishtirok etadi. Ular orasida jahon reytingi etakchisi Magnus Karlsen, shuningdek, Javohir Sindarov va Vayshali Rameshbabu kabi so'nggi "Nomzodlar turniri" g'oliblari ham bor.
Mukofot jamg'armasi: 500 000 evro
Rapid g'olibi — 110 000 evro
Blic g'olibi — 75 000 evro.
O'zbekiston terma jamoasi Rustam Qosimjonov boshchiligida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va boshqa shaxmatchilar bilan ishtirok etadi.

Havola :
Manba : t.me/Uzbchessfederation
Fikrlar