06 iyu 19:46
Yangiliklar
Futbol
Terma jamoamiz Moskva orqali Avstriyaga uchib ketdi
Hozirgina O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Moskva shahriga uchib ketdi. Samvel Babayan jamoasi Rossiya Federaciyasi poytaxtidan Avstriyaga yo'l oladi.
Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz Avstriyada yig'in tashkil qiladi. Yig'in doirasida Germaniya Bundesligasi vakili Dortmundning “Borussiya” hamda Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Ufa” klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi.
SHuningdek, Germaniyaning “Karlsrue” klubi bilan ham o'yin o'tkazish rejalashtirilgan. Terma jamoamiz 22 iyul kuni Toshkentga qaytib keladi.
Havola :
Fikrlar