So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

13 noy 18:55
Yangiliklar

Futbol

Terma jamoamiz murabbiyi: "O'zbekiston JCHga chiqishga tayyor"

Ertaga, 14 noyabr kuni O'zbekiston MTJ JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Qatar mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.

O'yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida terma jamoamiz murabbiyi Vlado Radmanovich va Otabek SHukurovlar ishtirok etdi.


"Srechko Katanec matbuot anjumaniga kela olmaganligi uchun uzr so'raymiz. Uning sog'lig'i bilan kichik muammo bo'lganligi uchun shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ustozimiz kela olmadi. Ertaga bizning oldimizda muhim o'yin kutib turibdi. Unga tayyormiz", - dedi Vlado Radmanovich.

"O'yinga tayyormiz, muhimi asosiy tarkib jam bo'lgan. Men va jamoadoshlarim ertangi o'yinga tayyorlar" - deydi Otabek SHukurov.


- O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan etakchilik qilyapti. Osiyo Kubogining amaldashi g'olibiga qarshi qanday o'yin kutyapsizlar?

- Qatarni saralashdagi to'rtta o'yinini ko'rib chiqdik. Bizning vazifamiz mag'lubiyatga uchramaslik. Buni yaxshi natija deb aytgan bo'lardik. Umuman olganda Qatar yaxshi terma jamoa. Ammo O'zbekiston MTJ ham yaxshi holatda bu o'yinga etib kelgan.

- O'zbekiston MTJ so'nggi yillarda o'sib boryapti. Har doim Sizlarga biroz omad etishmay kelgan. Bugun siz qanchalik JCHga tayyorsiz?

- Biz uch yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. O'zbekiston chempionati va legionerlarini yaxshilab kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Menimcha, O'zbekiston JCHga chiqishga tayyor.

- Qatar terma jamoasining bugungi holati yaxshi emas, aksincha O'zbekiston yaxshi holatda. Bu ortiqcha bosim bermaydimi? Undan tashqari Qatarning hujum chizig'i ancha kuchli. Sizlar bunga qarshi qanday chora ko'rishingiz mumkin?

- Juda ham qiyin guruhdan o'rin olganmiz. Har bir o'yin biz uchun jiddiy. Eron, Qatar va BAA kabi terma jamoalarning saviyasi bir xil. Bitta xato uchrashuv natijasiga tasir o'tkazishi mumkinligini bilgan holda harakat qilamiz.

Otabek SHukurovga

- Ertangi o'yin revansh rolini o'ynaydimi?

- Osiyo Kubogi boshqa musobaqa. U erda biz penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz. Bu lotareya. Erangi o'yin esa boshqa. Biz JCHga chiqish yo'lida maydonga chiqamiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing