12 mar 13:13
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamiz Warsaw European Open 2026 turniriga jo'nab ketdi
14-15 mart kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida European Open turkumidagi yana bir musobaqa o'tkaziladi.
Unda dunyoning 31 davlatidan kelgan jami 359 nafar dzyudochi medallar yo'lida bahslarga kirishadi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasining 6 nafar vakili ham Warsaw European Open 2026 turnirida ishtirok etadi.
Bugun Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi jamoamiz delegaciyasi Polsha davlatiga yo'l oldi.
Warsaw European Open 2026`da ishtirok etadigan tarkibimiz:
-60 kg: Muhammadjon Masharipov
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Inoyat Telmanov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
Bosh murabbiy - Aleksey Budolin

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar