11 iyu 10:29
Yangiliklar
Taekvondo

Terma jamoamiz "World Taekwondo Diamond Games"dagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Biroz avval Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo'yicha G4 klassifikaciyasidagi "Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games" xalqaro turniri start oldi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi ayollar o'rtasida 110 kg vazn toifasidagi juftlik bahslarida medallar uchun bahs olib boradi. Ushbu juftlik vaznida Ozoda Sobirjonova va Madina SHoniyozova yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Sportchilarimizga yarim final bosqichi doirasida Singapur termasi raqiblik qildi. Hozirgina yakuniga etgan bahslarda Ozoda va Madina raqibalarini 2:0 hisobida taslim etishdi. Endi taekvondochilarimiz finalda Mo'g'uliston va Koreya Respublikasi bellashuvi g'olibi bilan to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar