30 jan 07:06
Yangiliklar
Terma jamoamizning dzyudo vatanidagi mashg'ulot yig'ini yakunlandi + FOTO
Kecha Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi. Reja bo'yicha terma jamoamiz 11-18 yanvar kunlari Kokushikan, 18-24 yanvarda Tokai, 24-29 yanvar kunlari oralig'ida esa Nixon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida shug'ullanishdi.
Ushbu xalqaro yig'in doirasida dzyudochilarimiz Yaponiya va Turkiya terma jamoalari bilan birga mashg'ulotda qatnashishdi. Afsonaviy Kodokanda o'tkazilgan mashg'ulotlar har tomonlama foydali bo'ldi.
Yaponiya yig'ini 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi. Bugun terma jamoamiz delegaciyasi Tokiodan Toshkentga qaytadi.
Yaponiya yig'inida ishtirok etgan tarkib:
-60 kg: Bahrom Boturov, Samariddin Qo'chqorov
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov, Abdurahim Nutfulloev
-73 kg: SHahram Ahadov
-81 kg: Arslon Tojiev
-90 kg: Davlat Bobonov, SHahzodxo'ja SHaripov, Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Alisher Yusupov
Bosh murabbiy - Aleksey Budolin










Fikrlar