So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

03 sen 07:50
Yangiliklar

Futbol

Terma jamoamizning kechagi kunidan xabarlar, Haydarovning jarohati jiddiy

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” Markaziy stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Afsuski, tarkibda yo'qotish mavjud. Suriya bilan o'yinning ikkinchi bo'limida Javohir Sohibovga almashtirilgan Aziz Haydarovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. SHu sabab u Qatarda bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi. Kechagi mashg'ulotlarda Vitaliy Denisov ham qatnashmadi. Vitalikning avvalgi jarohati bezovta qilgan ammo uniki Haydarovchalik jiddiy emas.

Suriya bilan bahsda Odil Ahmedov ham og'riq qoldiruvchi ukol yordamida maydonga tushgan edi. Odil so'nggi bir oyni “Krasnodar” safida ham jarohati bilan o'tkazyapti. SHu boisdan Oleg Kononov uning xizmatlaridan 100%da foydalana olmayapti. Yuqoridagi uch futbolchimizga sog'liq tilaymiz!

Mashg'ulot soat 17:00ga belgilandi. Boisi, Qatardagi o'yinni Qatar futbol associaciyasi soat 19:00ga belgilagan. Bu vaqtda mamlakatdagi havo harorati taxminan 32-35 daraja issiq bo'ladi. Samvel Babayan futbolchilarni o'yin vaqtidagi havoga ko'nikish hosil qilishi uchun mashg'ulot vaqtini ancha ertaroqqa belgiladi.

Terma jamoamiz futbolchilari avvaliga 10 daqiqa davomida stadion bo'ylab yugurish mashg'ulotini o'tkazdilar. SHundan keyin barcha stadion zalida chigal yozdi mashqlarini bajardilar. Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchilarga javob berilgach, qolgan o'yinchilarimiz to'laqonli mashq o'tkazdilar.

Bugun milliy terma jamoamiz to'liq tarkibda mashq qiladi va 4 sentyabr kuni tongda, charter reysda, Toshkent - Doha yo'nalishi bilan Qatar poytaxtiga uchib ketadilar. U erda vakillarimiz JCH-2018 saralash bahsi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing