15 apr 15:55
Yangiliklar
Futbol

Terma jamoamizning Ozarbayjonga qarshi o'yinlari sanasi o'zgardi
O'zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Toshkentda Ozarbayjon qizlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi haqida xabar berilgandi.
Tomonlar kelishuviga ko'ra, uchrashuvlarni o'tkazish sanasiga o'zgartirish kiritildi. Mazkur o'yinlar 3 va 5 may kunlari bo'lib o'tadi.
Ushbu o'rtoqlik o'yinlari o'zbekistonlik futbolchi qizlar uchun U-19 Osiyo chempionati-2017 musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Eslatib o'tamiz, qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati-2017 musobaqasi 14-28 oktyabr kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Turnir yakuniga ko'ra 1-3 o'rinlarni egallagan terma jamoalar ayollar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionati-2018 yo'llanmasiga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar